Qabullar, bemorlar, davolash rejalari, moliyaviy boshqaruv va hisobotlar — onlayn bron servislari bilan integratsiyalashgan yagona avtomatlashtirilgan tizim.



Barcha mahsulotlar yagona SoftMed platformasiga asoslangan: bitta login, umumiy bemorlar bazasi, moliyaviy boshqaruv va hisobotlar. Har bir yo'nalish esa o'ziga xos modullar bilan to'ldiriladi.
Qabullar jadvali, interaktiv tish formulasi, bosqichli davolash rejasi, bemorlarning davolanish tarixi, kassa va shifokorlar ulushini boshqarish.
BatafsilKo'rish qobiliyatini tekshirish natijalari, ko'zoynak va kontakt linzalar retseptlari, bemorlarning tekshiruv tarixi, operatsiyalar rejasi va davolash jarayonini boshqarish.
LOR shifokorlari uchun bemorlarning elektron kartasi, quloq, burun va tomoq kasalliklari bo'yicha ko'rik natijalari, tashxis va davolash rejasi, muolajalar tarixi, tekshiruv natijalari hamda qayta qabullar jadvalini boshqarish.
Tahlil buyurtmalarini qabul qilish, namunalar harakatini kuzatish, tahlil natijalarini qayd etish, natija blankalarini shakllantirish va tayyor natijalarni shifokorlarga yuborish.
UZI tekshiruvlari jadvali, bemorlar tarixi, tayyor xulosa shablonlari, tekshiruv natijalarini saqlash va tayyor xulosalarni bemorlarga yuborish.
Bemorlarning elektron kartasi, homiladorlikni bosqichma-bosqich kuzatish, skrining va UZI tekshiruvlari jadvali, laborator tahlillar tarixi hamda homiladorlik monitoringi.
Kosmetologik muolajalar tarixi, protsedura kurslari va paketlari, abonementlar hisobi, mijozlarning «oldin / keyin» fotosuratlari va muolajalar dinamikasini kuzatish.
Barcha bo'limlar faoliyatini yagona tizimda boshqarish, umumiy bemorlar bazasi, shifokorlar qabuli, yagona kassa, moliyaviy nazorat va umumlashtirilgan hisobotlar.
Jadval, bemor kartasi, kassa va hisobotlar allaqachon tayyor va ishlab turibdi. Shu sababli yangi yo'nalish uchun tizim noldan yozilmaydi — tezroq, ishonchliroq va arzonroq yaratiladi.
Qabuldan to'lovgacha — klinikaning kundalik ishi uchun to'liq tizim. Quyidagilar haqiqiy ish ekranlari (namuna sifatida stomatologiya klinikasi ko'rsatilgan).

Ginekologiya, kosmetologiya, ko'p tarmoqli markaz yoki boshqa yo'nalish — avval ish jarayonlaringizni o'rganamiz, so'ng aynan klinikangizga mos tizim quramiz.
Klinikangizga kelib, ish jarayonlarini joyida o'rganamiz. Bepul.
Modullar, narx, muddat va ekranlar ko'rinishini birga kelishib olamiz.
Tayyor SoftMed poydevori ustida quramiz — shuning uchun tez.
Ma'lumotlaringizni ko'chiramiz va xodimlarni o'qitamiz.
Yangilanishlar va texnik yordam — doimiy.
Narx va muddat tahlildan so'ng aniqlanadi.
Har bir tarifni 7 kun bepul sinab ko'ring. Ulash va sozlash — bepul.
Bir-ikki shifokorli kabinet uchun
To'lov har oy amalga oshiriladi
Shartnoma kamida 1 yil muddatga tuziladi
Rivojlanayotgan klinika uchun
To'lov har oy amalga oshiriladi
Shartnoma kamida 1 yil muddatga tuziladi
Yirik klinikalar va tarmoqlar uchun
Klinikangiz hajmiga qarab individual hisoblanadi
Shartnoma kamida 1 yil muddatga tuziladi
Individual tizim narxi kerakli modullar soniga qarab hisoblanadi.
SoftMed turli yo'nalishdagi tibbiyot klinikalari uchun yaratilgan. Stomatologiya, ko'z klinikasi, LOR va laboratoriya uchun tizimlar tayyor. UZI, ginekologiya, kosmetologiya va ko'p tarmoqli klinikalar uchun yechimlar tez orada ishga tushadi. Yo'nalishingiz ro'yxatda bo'lmasa, tizimni buyurtma asosida yaratamiz.
Ha. Start va Klinika tariflarini 7 kun bepul sinab ko'rishingiz mumkin. Sinov davrida tizimni klinikangizga ulab, sozlab beramiz — bu ham bepul.
Shartnoma kamida 1 yil muddatga tuziladi. To'lov har oy amalga oshiriladi, yillik to'lovda esa chegirma beriladi. Shartnomaga hisob-faktura ham rasmiylashtiriladi.
Yo'q. SoftMed brauzer orqali ishlaydi: kompyuter, planshet yoki telefondan kirasiz. Faqat internet aloqasi kerak bo'ladi.
Har bir klinika faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi. Har bir xodim shaxsiy login va parol bilan kiradi va faqat o'z vazifasiga tegishli bo'limlardan foydalanadi. To'lovlar o'chirilmaydi — har bir o'zgarishning izi saqlanadi. Ma'lumotlaringizni istalgan vaqtda to'liq yuklab olishingiz mumkin.
Ha. Klinikangiz Doktorga.uz bemorlar platformasida ko'rinadi. Bemor onlayn bron qilganda yozuv to'g'ridan-to'g'ri qabullar jadvalingizga tushadi — qo'ng'iroq va qo'lda kiritish shart emas.
Ha. Bemorlar ro'yxatini Excel'dan tizimga o'zimiz ko'chirib beramiz, ma'lumotlaringiz yo'qolmaydi.
Tizim o'zbek tilida va sodda qilib yaratilgan. Joriy etish vaqtida xodimlaringizni o'zimiz o'qitamiz, keyin ham har qanday savolga yordam beramiz.
Odatda 4–10 hafta. Jadval, bemor kartasi, moliyaviy boshqaruv va hisobotlar tayyor poydevorda mavjud, shuning uchun faqat klinikangizga xos qismlar yaratiladi. Aniq narx va muddatni tahlildan so'ng aytamiz.
Bank o'tkazmasi orqali (shartnoma va hisob-faktura bilan), shuningdek Payme yoki Click orqali.
Tayyor tizimni ko'rmoqchimisiz yoki klinikangiz uchun individual yechim kerakmi? Arizani to'ldiring — mutaxassisimiz siz bilan bog'lanadi.